Samsung Find
Samsung Find ilovasidan foydalanib qurilmalaringiz va qadrli buyumlaringiz joylashuvini osonlik bilan toping.
Samsung Find sizga va oilangizga yo'qolgan Galaxy smartfonlaringiz, planshetlaringiz, smart soatlaringiz, quloqchinlaringiz, S Pen stiluslari va boshqa qurilmalaringizni osonlik bilan topish imkoniyatini beradi. Shuningdek, u qimmatbaho buyumlaringizga biriktirilgan teglarni kuzatishni osonlashtiradi hamda o'z joylashuvingizni ulashish imkonini yaratadi.
Agarda qurilmani yo'qotganimda nima qilishim kerak?
Samsung Find orqali qurilmangiz joylashuvini aniqlang va qulflang yoki ma'lumotlaringizni o'chirib tashlang.
Qurilma joylashuvini topish
Agarda "So'nggi joylashuvni yuborish" funksiyasi yoqilgan bo'lsa, siz qurilmangizning taxminiy joylashuvini aniqlab olishingiz mumkin. U o'chirilishidan oldin serverga o'zining so'nggi joylashuvi haqidagi ma'lumotni yuborishi hamda uni izlashda yordam berishi mumkin.1
Qulflash
Siz qurilma ekranini bloklab, topib olgan shaxs uchun xabar yoki aloqa ma'lumotlarini ko'rsatishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz Samsung Pay va Samsung Pass funksiyalaridan foydalanishni hamda telefoningizni o'chirilishini ta'qiqlashingiz qo'yishingiz mumkin.
Qurilmada qo'ng'iroq chalish
Agarda qurilmangiz yaqin atrofda bo'lsa, siz unda to'liq bir daqiqa davomida eng baland tovushda qo'ng'iroq chalish orqali joylashuvini aniqlab olishingiz mumkin.
Ma'lumotlarni o'chirish
Qurilmangizda saqlanayotgan ma'lumotlarning boshqalarga ta'sir etish xavfini oldini olish uchun ma'lumotlarni masofadan turib o'chirib yuborish mumkin.2
Joylashuv ma'lumotlaringizni ulashing va aloqada bo'ling
Joylashuv ma'lumotlaringizni oilangiz va do'stlaringiz bilan belgilangan vaqtga, jumladan, bir soat yoki bir kunga ulashing. O'z navbatida siz boshqalardan joylashuv ma'lumotini so'rashingiz va bir-biringizni joylashuvingizni tekshirish uchun o'zaro ma'lumotlarni almashishingiz mumkin.
Qurilmani oflayn rejimida ham toping
Samsung Galaxy qurilmalaringizda oflayn topishni faollashtirish orqali siz ularni unutib qoldirish holatlarida aslo xavotir olmaysiz. Internetga ulanmagan taqdirda ham u yoqilgan va oflayn topish faollashtirilgan bo'lsa, uning atrofidagi Samsung Galaxy qurilmalari serverga signal yuborib, izlashni osonlashtirish uchun yo'qolgan qurilmaning joylashuvi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi mumkin.3
Qimmatbaho buyumlaringiz joylashuvini belgi va trekerlar yordamida kuzating
Smart Tag yoki buyumlaringizga biriktirilgan boshqa mos trekerlarning joylashuvini bilib olish uchun Samsung Find ilovasini ishga tushiring. Atrofdagi qurilmalar SmartTag ni Bluetooth orqali aniqlashga yordam beradi va ularning taxminiy joylashuvi va haftalik harakatlari tarxini ko'rsatib, buyumlaringizni topish jarayonini osonlashtiradi.4
Foydalanish qoidalari
Samsung Find imkoniyatlaridan to'liq foydalanish usullarini bilib oling
Find My Mobile funksiyasini sozlash tartibi
Oflayn qidirishdan foydalanish tartibi
Samsung hisob qaydnomangizda oflayn qidirishni faollashtirilganingizdan so'ng u foydalanish uchun tayyor.5
Asosiy xususiyatlar
Odamlar
Oila va do'stlar bilan ulashish
Bir soat yoki bir kun kabi belgilangan muddat davomida joylashuvingizni do'stlaringiz va oilangizda translyatsiya qilish uchun joylashuvni ulashish funksiyasini faollashtiring. Shuningdek, siz o'z joylashuvingizni kontaktlaringizga yoki Samsung Galaxy smartfonlari, planshetlari yoki smart soatlariga ulashishingiz hamda ularning joylashuvini ulashishini so'rashingiz mumkin.
Qurilma
Qurilma joylashuvini aniqlash
Xaritada Samsung Galaxy qurilmangiz joylashuvini tekshiring hamda uni topish bo'yicha aniq yo'nalishga ega bo'ling. Agarda telefoningiz yo'qolgan hamda Samsung Find ilovasidan foydalanish imkoni bo'lmagan holatda, siz o'z Samsung Galaxy qurilmalaringiz joylashuvini oldindan joylashuv ulashilgan holatda oila a'zolaringiz Samsung Find ilovasi orqali qidirishingiz mumkin. Aks holda samsungfind.samsung.com sahifasiga kirishingiz kerak bo'ladi.
Buyumlar
Shaxsiy buyumlaringizni kuzating
Samsung Find ilovasining Buyumlar bo'limidagi SmartThings funksiyasida ro'yxatdan o'tkazilgan SmartTag lar va boshqa mos qurilmalar bilan tanishing. SmartTag larni to'g'ridan-to'g'ri ilovada ro'yxatdan o'tkazish orqali siz nafaqat shaxsiy buyumlaringizni kuzatishingi, balki uning imkoniyatlaridan sevimli uy hayvonlaringiz, velosipedingiz va boshqa o'zingizga qadrli obyektlarni kuzatish uchun ham foydalanishingiz mumkin.
- Qurilma hamda ekrandagi tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan
- Qo'llab-quvvatlash xizmat mamlakat/mintaqa/sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin
- Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar: Galaxy qurilmalari (Galaxy mobil telefonlari, planshetlari, Tizen OS 5.5 yoki undan yangi versiya yoki Wear OS operatsion tizimiga ega Galaxy Watch soatlari , Galaxy Buds+ va undan yangi quloqchinlar, Galaxy SmartTag/SmartTag+, tanlangan Galaxy Book modellari, S Pen Pro) hamda SmartThings ga ulanishi mumkin bo'lgan boshqa mos SmartTag lar.
- Samsung Find imkoniyatlari, qo'llab-quvvatlanadigan muhit va xususiyatlari mahsulotga qarab farq qilishi mumkin
- Samsung Find ilovasini Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin.
- Qurilma yoqilgan va Samsung hisob qaydnomasiga kirgan holatda bo'lishi kerak .
- Oflayn qidirish hozirda kamida Android 8 operatsion tizimiga ega Galaxy smartfonlari va planshetlari, Galaxy Watch3, Galaxy Watch4, Galaxy Watch5 hamda Galaxy Buds Live, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds2 va Galaxy Buds2 Pro hamda Galaxy SmartTag seriyasining barcha turlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Qo'shimcha qurilmalar kelajakda qo'shib boriladi.
- Galaxy Watch va Buds qurilmalaringiz uchun oflayn qidirish funksiyasi Galaxy Wearable ilovasi orqali faollashtirilishi mumkin. Ulangan Galaxy smartfoni yoki planshetining oflayn qidirish sozlamalari sizning Galaxy Watch va Buds qurilmalaringizga ham amal qiladi.
- Shuningdek, siz qurilmalaringiz joylashuvini topish uchun SmartThings ilovasidagi SmartThings Find funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin. SmartThings Find funksiyasidan foydalanish uchun, Telefonimni qidirish sozlamalaridagi "Ushbu telefonni qidirishga ruxsat berish" sharti faollashtirilgan bo'lishi kerak.
- Qurilmani Izlash Bo'g'ini sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun siz o'z jolashuv amnzilingizdan foydalanishga hamda Maxfiyli bildirishnomasiga rozilik bildirishingiz kerak
- Izlash Bo'ginidagi qurilmalar yo'qotilgan qurilmaning aniq joylashuvini ko'rsatmaydi.
- Soat va quloqchinlar kabi taqiladigan qurilmalarning joylashuvini aniqlash uchun ular Galaxy Wearable ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak
- Samsung Find ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan qurilmalarning joylashuvini Xitoydan tashqari barcha mamlakatlarda aniqlash mumkin. (Gongkong va Tayvan qo'llab-quvvatlanadi).
- Telefonimni qidirish funksiyasining mavjudligi qurilma modeli va operatsion tizimga qarab farq qilishi mumkin
- "So'nggi joylashuvni yuborish" shartini faollashtirish tartibi : Sozlamalar > Samsung hisob qaydnomasi > Qurilmalar > Yo'qotilgan qurilma xavfsizligi > "So'nggi joylashuvni yuborish" shartini faollashtirish.
- Mazkur funksiya Samsung Finf veb sahifasida qo'llab-quvvatlanadi.
- Samsung Galaxy smartfoningiz yoki planshetingizda oflayn qidirish funksiyasini faollashtirganingizda, u avtomatik tarzda sizning ulangan Galaxy Watch soatingiz va quloqchinlaringizga amal qilishi mumkin.
- SmartTaf va boshqa mos trekerlarda joylashuvni qidirish funksiyasidan foydalanish uchun, ular SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, siz ularni Samsung Find ilovasidan foydalangan holda SmartThings ilovasida qulay tarzda ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin.
- Faqat Sozlamalar > Samsung hisob qaydnomasi > Qurilmalar > Yo'qotilgan qurilma xavfsizligi > Mazkur qurilmani qidirishga ruxsat berish bo'limidagi "Mazkur telefonni qidirishga ruxsat berish" sharti yoqilgan holdagina oflayn qidirish funksiyasini faollashtirish mumkin.