Samsung Notes
Samsung Notes’da qaydlar qilishni yangi
cho‘qqilarga ko‘taring.
Samsung Notes’da istalgan narsani qayd qiling. S Pen bilan turfa xil uslublar va ranglarda yozing, chizing va ajratib ko‘rsating. Suratlar va ovozli eslatmalar qo‘shing hamda qaydlaringizni qidirib topish mumkin bo‘lgan teglar bilan saqlang. Va ilhomingiz jo‘sh urganda, bloklangan ekraningizga tezda qaydlar yozish uchun shunchaki S Pen’ni chiqarib oling.
* Xizmatdan foydalanish mumkinligi mamlakat yoki mintaqa, xizmat provayderi, qurilma modeli va OT versiyasiga ko‘ra farq qilishi mumkin.
Ilhom keladigan vaqt uchun tayyor
Istalgan vaqtda, istalgan joyda tezda qaydlar qiling. Ekranni yoqish yoki video kontentni to‘xtatib turishning hojati yo‘q—boshlash uchun
shunchaki S Pen’ni chiqarib oling. Bu juda oson.
Shu zahotiyoq yozishga kirishing
Siz tayyor bo‘lsangiz, Screen Off Memo ham tayyor bo‘ladi. Shunchaki S Pen’ni oling va yozishni boshlang—hattoki ekraningiz o‘chiq bo‘lganida ham. Oziq-ovqat do‘konidagi qisqacha xarid ro‘yxatingizni yoki navbatdagi ajoyib romaningiz uchun g‘oyani ildirib qo‘ying. Yozib bo‘lganingizdan keyin uni Samsung Notes’ga saqlashingiz yoki Doimo yoniq ekranga biriktirib qo‘yishingiz mumkin.
Ko‘ring, qaydlar qiling va o‘rganing
Video yoki onlayn darsni ko‘ring va shu bilan birga qaydlar qiling—barchasini bitta qulay ekranda bajaring. Shunchaki S Pen tugmasini bosing va qalqib chiquvchi bloknot oynasiga kirish uchun ekranga ikki marta teging. O‘lcham va shaffoflikni o‘zingiz xohlagancha sozlang va ma’ruzalar zalini uyingizga keltiring.
PDF fayllarini osongina belgilang
Yurgan hollarda ish yoki o‘qish uchun hujjatlarga izohlar qo‘ying. Katta va kichik PDF hujjatlarini import qiling va S Pen bilan bevosita ularning ustiga yozing. O‘z qaydlaringiz va diagrammalaringizni qo‘shing, ajratib ko‘rsating, tagiga chizing va o‘chiring—butun ixtiyor o‘zingizda. Bajarib bo‘lganingizdan keyin shunchaki saqlang va baham ko‘ring.
Qaydlaringiz va audio yozuvlaringizni sinxronlashtiring
Audio yozish vaqtida qaydlar qilayotgan bo‘lsangiz, hech qachon ma’lum lahzani izlab topish uchun ovozli yozuvni to‘liq ko‘rib chiqmang. Ovozli yozuvga mos kelishi uchun qaydlaringizga vaqt belgisi qo‘yiladi. Audio xatcho‘p muhim uchrashuvlar, intervyular yoki ma’ruzalar uchun juda mos vositadir.
Qo‘lyozmadan matnga va boshqalar
Avval S Pen bilan yozing, so‘ngra tahrirlang. Shoshilinch tarzda qaydlar yozing va keyin oddiy tegish bilan tuzatishlar kiriting. Matn rangi va qalinligini o‘zgartirish orqali muhim narsalarni ajratib ko‘rsating. Yoki S Pen bilan qilingan tushunarsiz yozuvlarni bir lahzada o‘qisa bo‘ladigan matnga aylantiring.
Qaydlaringizni barcha qurilmalaringizda sinxronlang
Endi siz telefoningizda, planshetingizda yoki kompyuteringizda aynan kelgan joyingizdan davom ettira olishingiz uchun qaydlaringizni Samsung Cloud xizmati orqali mislsiz tarzda sinxronlashingiz mumkin. Istalgan joydan va hamma joydan turib barcha qaydlaringizga bemalol kiravering.
* Har bir qurilma bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
S Pen bilan ijodkorligingizga erk bering
Qaydlar qilayotganingizda yoki san’at asari yaratayotganingizda, S Pen hammasini o‘zida jamlagan qurolingizga aylanadi. Va uning past darajadagi kechikishi va bosimga nisbatan yuqori darajadagi sezgirligi bilan silliqroq, tez paydo bo‘luvchi yozish va chizish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Qaydlar yozish hech qachon bunchalik moslashuvchan yoki bunchalik qiziqarli bo‘lmagan.
* Qurilma va ekran suratlari namoyish etish maqsadida modellashtirilgan.