ADHUB
Samsung ning Qozog‘istondagi mahalliy maxfiylik siyosati — SmartTV uchun qo‘shimcha
Samsung kompaniyasining Smart TV xizmati kengaytirilgan videohujjatlar, individual ravishda sozlanadigan televideniye, filmlar va boshqa tarkibdagi tavsiyalar, ijtimoiy tarmoq xizmatlariga ulanish va Smart TV ni ishoralar va ovozli buyruqlar orqali boshqarish imkoniyatini ta’minlaydigan bir qator funksiyalarni taklif etadi.
Biz Samsung ning maxfiylik siyosatida tavsif etilgan yo‘llar bilan SmartTV orqali olinuvchi ma’lumotni yig‘amiz, ishlatamiz, beramiz va saqlaymiz. Ushbu Qo‘shimchada Smart TV ning ayrim funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan maxfiylikni himoya qilish usullari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
Tavsiyalar va alohida tanlangan tarkib
Smart TV Xizmati videodasturlar va boshqa tarkiblarni topishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Masalan, siz kabel yoki sun’iy yo‘ldosh operatori tomonidan efirga uzatiladigan televizion dasturlar haqidagi ma’lumotlarga, shuningdek, Smart TV xizmatingizda aks ettiriladigan qidiruvni qo‘llab quvvatlovchi kataloglar orqali talabga ko‘ra mavjud bo‘luvchi va uchinchi tomon tarkib yetkazib beruvchilari tomonidan taklif etiladigan videohujjatlarga kirishingiz mumkin.
Jonli efirda ko‘rsatiladigan teledasturlar holatida, biz siz uchun mavjud tarkibni qisman sizning pochta indeksingiz orqali aniqlaymiz. Bundan tashqari, SmartTV xizmati siz o‘tkazib yuborgan seriyalar va epizodlar, shuningdek, bizning fikrimizcha, sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yangi dasturlar, ilovalar va boshqa tarkiblar kabi sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan dasturlar va tarkiblarni ajratib, qidirish kataloglari va boshqa SmartTV tarkiblarini sizga mosroq qilishga yordam beradi. Biz bu tavsiyalarni quyidagi ma’lumotlarga asoslaymiz:
SmartTV yoki boshqa qurilmalarda Samsung ilovalaridan foydalanib ko‘rgan, sotib olgan, yuklab olgan yoki ijro etgan tarkibingiz haqida ma’lumot;Siz Smart TV panellari orqali kirgan ilovalar haqida ma’lumot;Smart TV ning “Yoqadi”, “Yoqmaydi”, “Hozir ko‘rish” va boshqa tugmachalarini tanlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;SmartTV xizmatiga siz, jumladan muayyan video tarkibni qidirishda kiritgan qidirish so'rovlari;
Smart TV va qurilmadan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, shu jumladan boshqa ma’lumotlar qatorida IP manzili, cookie fayllarida va shunga o‘xshash texnologiyalarda saqlanadigan ma’lumotlar, apparat yoki dasturiy ta’minotni aniqlash ma’lumotlari, brauzer ma’lumotlari va sahifa so‘rovlari.
Smart TV xizmatida shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni yoki ba’zi takomillashtirilgan funksiyalarni qabul qilishda davom ettirisni istamasangiz, siz uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rish uchun Smart TV sozlamalari menyusini oching. Shaxsiylashtirilgan tavsiyalarni yoki qo‘shimcha funktsiyalarni o‘chirib qo‘ysangiz, Smart TV xizmatida namoyish etilgan ma’lumotlar va tarkib sizning qiziqishlaringizga mos kelmasligi mumkin. Samsung kompaniyasi ushbu Maxfiylik siyosatida keltirilgan maqsadlarda sizning Smart TV-dan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotni yig‘ishda davom ettirishi mumkin.
Qiziqishga asoslangan reklama
Smart TV-da qiziqishga asoslangan reklamani yoqish orqali siz Smart TV-da yoki Samsung yoda boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan turli platformalar va qurilmalarda, televizion reklama, Internetdagi reklama, mobil qurilmalar va planshetlardagi reklamalar asosida qiziqishlarga asoslangan tarkib va reklamalarni olishingiz mumkin.
Sizga qiziqishga asoslangan reklama xizmatini taqdim etish uchun sizning "tomosha tarixingiz" ga ko'ra sizning qiziqishlaringizga ko'proq mos keladigan tarkib va reklamalarni taqdim etish maqsadida Siz tomosha qilayotgan dasturlarning videoparchalarini yig‘amiz va ushbu ma’lumotlardan foydalanamiz.
Sizning teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish tarixingiz Smart TV da ko‘rilgan tarmoqlar, kanallar, kirilgan veb-saytlar va dasturlar, shuningdek ularni ko‘rishga sarflangan vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat.
Sizning televideniyeni tomosha qilish tarixingizni olish uchun tarkibni avtomatik aniqlash (ACR) va boshqa texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin.
Smart TV-da tomosha tarixingiz ushbu Maxfiylik siyosatining asosiy qismida ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu ma’lumot sizning Smart TV-dan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlar, shuningdek qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar, masalan, model xususiyatlari va IP-manzilidan iboratdir. Sizga reklamalarni ko‘rsatilganda biz shuningdek shuni qayd qila olamiz ki, qurilmangiz ushbu relkamani, hamda siz uni korgan veb-sahifani yoki boshqa joyni qabul qilldi.
Biz shuningdek, ma’lumotni cookie fayllari, veb-moyoqlari va shunga o‘xshash texnologiyalar yordamida yig‘ishga harakat qilamiz. Bu texnoligiyalar qanday ishlashi, va ularning ishlatilishini qanday boshqarishingiz borasidagi qo‘shimcha ma’lumotni Maxfiylik siyosatida ko‘ring.
Siz istalgan vaqtda Smart TV-ning sozlash menyusidan qiziqishlarga asoslangan reklama xizmatini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Biroq, qiziqishga asoslangan reklama korsatish funksiyasini o‘chirib qo‘ygan holda, siz hali ham televizion tomoshalarni ko‘rish tarixi yoki Smart TV-dan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa reklama va marketing takliflarini, masalan, mintaqa yoki statistik ma’lumotlarga asoslangan reklama olasiz. Yagona farqi shundaki, ushbu reklama Smart TV-dagi "tomosha tarixi" ga asoslanmagan bo‘ladi.
PSID
Qiziqishlarga asoslangan reklamani namoyish etish uchun yig‘ilgan Sizning tomosha qilish tarixingiz va Smart TV-dan foydalanishingiz borasidagi ma’lumotlar tasodifiy ravishda tanlanuvchi, doimiy bolmagan va tashlanuvchi shaxsiylashtirilgan xizmatlar uchun identifikator PSID deb nomlangan indikatorga bog‘lanadi.
Siz PSID-ni istalgan vaqtda Smart TV-dagi Sozlamalar menyusidan qayta o‘rnatishingiz mumkin, va qayta o‘rnatilgandan so‘ng, sizning qiziqishingizga asoslangan reklama Smart TV-da tomosha qilish tarixi va Smart TV-dan foydalanish endi oldingi PSID-ga bog‘lanmaydi. E’tibor bering ki, PSID qayta ornatilgan taqdirda Siz qiziqishlar asosida tanlangan reklamalarning sifatini o‘zgartira olmaysiz.
Ovozni aniqlash
Ovozli buyruqlar yordamida Siz Smart TV xizmatini boshqara va uning ko‘plab funktsiyalaridan foydalana olasiz.
Ovozni aniqlash funksiyasi yoqilganda, Smart TV ni ovoz bilan boshqarishingiz mumkin. Ovozni aniqlash funksiyasi qo‘llab-quvvatlanishi uchun sizning ovozli buyruqlaringiz (qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, qurilma identifikatorlari bilan birga) bizga yuboriladi va ovozli buyruqlaringiz ovozni aniqlash funksiyasi ishlashi uchun zarur bo‘lgan matnga aylantiramiz.
Bundan tashqari, biz funksiyalarni baholashimiz va takomillashtirishimiz uchun Samsung ovozli buyruqlar va tegishli matnlarni yig‘isishi mumkin. Masofadan boshqarish pultidagi yoki ekrandagi faollashtirish tugmasini bosib, masofadan boshqarish pultidagi yoki Smart TV-dagi mikrofonga gapirib, ma’lum bir qidiruvni so‘raganingizda, Samsung kompaniyasi sizning ovozli buyruqlaringizni yig‘adi.
Ovozni aniqlash xususiyatini yoqmasangiz, ovozni aniqlash xususiyatlaridan foydalana olmaysiz.
Ovozni aniqlash ma’lumotlarini yig‘ishni istalgan vaqtda sozlash menyusidan o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bunda, ovozni aniqlash funksiyalaridan foydalanish imkonsiz bo‘ladi
Qo‘l harakatlari bilan boshqarish va yuzni aniqlash
SmartTV televizori ba’zi qo‘shimcha funktsiyalarni ishlatishga, jumladan qo‘l harakatlari yordamida televizorni boshqarish va Samsung qayd yozuvingizga kirish uchun televizordagi yuzni aniqlash texnologiyasidan foydalanishga imkon beruvchi kamera bilan jihozlangan. Kamerani istalgan vaqtda yopishingiz va o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, lekin esda tutingki, kamera o‘chirilganida, ushbu kengaytirilgan funksiyalar mavjud bo‘lmaydi.
Qo‘l harakatlari bilan boshqarish. Sizga SmartTV televizorini qo‘l harakatlari yordamida boshqarish imkoniyatini berish uchun SmartTV-ning yuqori qismida joylashgan kamera sizning harakatlaringizni aniqlay oladi. Bu, masalan, panellar o‘rtasida harakatlanish, shuningdek, miqyosni kattalashtirish va kichiklashtirishga imkon beradi. Ushbu boshqarish tizimining ish faoliyatini baholash va yaxshilash uchun qo‘l harakatlari yordamida boshqarish qachon va qanday amalga oshirilganligi to‘g'risida ma’lumotlarni yozib olamiz.
Yuzni aniqlash. SmartTV televizori kamerasi, shuningdek, Samsung hisob qaydnomangizga yoki yuzni aniqlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan ba’zi xizmatlarga kirishga imkon beradi. Yuzni aniqlashdan qo‘lda parolni kiritish o’rniga yoki unga qo’shimcha ravishda qoshimcha xavfsizlik chorasi sifatida foydalanish mumkin. Yuzni aniqlashni sozlash bo‘yicha harakatlarni tugatgandan so‘ng, yuzingiz tasviri mahalliy ravishda televizoringizda saqlanadi. U Samsung kompaniyasiga yuborilmaydi. Samsung hisob qaydnomangizni o‘chirsangiz yoki endi yuzni aniqlashni ishlatishni istamasangiz, saqlangan rasmni o‘chirish uchun tegishli sozlash menyusini oching. Fotosuratingiz mahalliy ravishda saqlanganligiga qaramasdan, ushbu funksiyaning ishlashini baholash va yaxshilash uchun Samsung kompaniyasi uni qanday sozlaganligingiz haqida ma’lumotni yozib olib, qachon va qanday foydalanilganligingiz to‘g‘risida ma’lumot yigishi mumkin.
Fitnes xizmatlari
Mashg‘ulotlar borasida shaxsiy o‘quv tavsiyalarini berish uchun SmartTV xizmatlari sizning bo‘yingiz, vazningiz va tug‘ilgan sanangizni o‘z ichiga olgan ba’zi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan profil yaratishga imkon beradi. Ushbu profilni istalgan vaqtda xizmat sozlamalari ekranidagi ko‘rsatmalardan foydalanib, o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Bolalar uchun xizmatlar
SmartTV xizmatlari bolalar uchun o‘quv video materiallar va boshqa tarkiblarni taqdim qilishi mumkin, ammo qonun bo‘yicha ruxsat berilmagan bo‘lsa, biz ota-onalarining roziligisiz bolalar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni ataylab yig‘maymiz. Bola bizga shaxsiy ma’lumotlarni berganligini aniqlasak, amaldagi qonunchilikka muvofiq uni yo‘q qilamiz.
Uchinchi tomonlar va tashkilotlar
E'tibor bering, uchinchi tomon tashkilotlar yetkazib beruvchi videoni tomosha qilganingizda yoki dasturlari yoki tarkibiga kirganingizda, tegishli yetkazib beruvchi sizning Smart TV (masalan, uning IP-manzili va qurilmaning identifikatorlari), so'ralgan operatsiya (masalan, videoni sotib olish yoki ijaraga olish so‘rovingiz) va dastur yoki xizmatdan foydalanishingiz to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishi yoki qabul qilishi mumkin.
Samsung kompaniyasi bu kabi yetkazib beruvchilar tomonidan qo‘llanuvchi xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash usullari amaliyoti uchun javobgar emas. Ehtiyot bo‘ling va Siz foydalanadigan uchinchi tomon xizmatlari va veb-saytlariga nisbatan qo‘llanuvchi maxfiylik bayonnomalarini o‘rganing.
Uchinchi tomonlar
E'tibor bering, uchinchi tomon yetkazib beruvchi videoni tomosha qilganingizda yoki dasturlari yoki tarkibiga kirganingizda, ushbu yetkazib beruvchi Sizning Smart TV (masalan, uning IP-manzili va qurilmaning identifikatorlari), so'ralgan operatsiya (masalan, videoni sotib olish yoki ijaraga olish so‘rovingiz) va dastur yoki xizmatdan foydalanishingiz to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishi yoki qabul qilishi mumkin.
Samsung kompaniyasi bu kabi yetkazib beruvchilar tomonidan qo‘llanuvchi maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlash usullari amaliyoti uchun javobgar emas. Ehtiyot bo‘ling va Siz foydalanadigan uchinchi tomon veb-saytlari va xizmatlariga nisbatan qo‘llanuvchi maxfiylik bayonnomalarini o‘rganing.
Funksiyalarning mamlakatga bog‘liqligi
Shuni esda tutingki, Smart TV qo‘shimchasida tasvirlangan ba’zi funksiyalarning mavjudligi Sizning yashash joyingizga bog‘liq.