Yashash
joylaringizga shaxsiylashtirishning yangi darajalarini olib keluvchi qoʻshimchalar
* Yuqoridagi rasmda My Shelf TV aksessuari ko'rsatilgan. Televizor va javondagi narsalar kiritilmagan.
Televizoringizni sozlashning
yangi usullari
Sozlanuvchan ramka
Koʻproq rang tanlovlari yanada uygʻun uy interyerlarini yaratish imkonini beradi. The Frame romi har biri sizning uslubingizdagi yangi koʻrinish qoʻshuvchi koʻproq rom rangi va rom dizayni variantlari bilan sizni cheklovlardan ozod qiladi.
* Rom uslublari va ranglari mavjudligi televizor oʻlchamiga qarab farq qilishi mumkin.
My Shelf (Mening tokcham)
My Shelf The Frame qurilmasini joylashtirish uchun toʻliq sozlanuvchi TV devorini taqdim etish va uning atrofidagi hududni siz yoqtirgan narsalar bilan shaxsiylashtirish imkonini berish orqali odatiy televizor taqdimotini bir qadam oldinga siljitadi.
* My Shelf moslamasining mavjudligi televizor oʻlchamiga qarab farq qilishi mumkin.
The Frame qurilmasini namoyish qilishning yanada nafis usullari
Slim Fit Wall-Mount (Ixcham kronshteyn)
The Frame qurilmasining Slim Fit Wall-Mount moslamasi yordamida devor va televizor orasidagi katta boʻshliqni bartaraf qiling hamda televizoringizni devor bilan bir tekis saqlang.
* Faqatgina oʻrnatish koʻrsatmalari diqqat bilan oʻqib chiqilgandan keyin va 18 yoshdan kattalar tomonidan oʻrnatilishi kerak. Eng yaxshi natija uchun oʻrnatish ikki kishi tomonidan amalga oshirilishini tavsiya qilamiz.
* Devorgacha boʻlgan haqiqiy masofa televizorning orqasidan oʻlchanadi hamda oʻrnatish va devor turiga qarab farq qilishi mumkin.
* Slim Fit Wall-Mount va One Connect Box dizayni televizor oʻlchamiga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
Studio Stand (Studio asos)
Studio asos yordamida televizoringizni devordan ozod qiling va tomosha qiling, televizor xonalaringizni misli koʻrilmagan uslubda sozlash imkonini beruvchi portativ sanʼat asariga aylanadi.
* Berta (2016), Petros Kublis
Balandligi moslashuvchan asos
Balandligi moslashuvchan asos yordamida oʻzingizga yoqadigan vizual muvozanatni oʻrnatish yoki ovoz paneliga mukammal darajada mos tushadigan joyga joylashtirish The Frame qurilmasining vertikal balandligini sozlashingiz mumkin.
* 55"/65"/75" li The Frame modellari bilan ishlaydi. Balandligi moslashuvchan asos toʻliq kengaytirilganda Samsung S-seriyali ovoz panelini joylashtirish uchun yetarlicha joy boʻladi.
* S-seriyali ovoz paneli The Frame ostiga joylashtirilganda ovoz paneli The Frame qurilmasining pastki tomon romiga bir oz tegib turadi.
Betartib simlarni butunlay koʻzdan nari saqlang
Bitta koʻrinmas ulanish
Ulash kabellariga toʻla televizorning tiqilinch orqa tarafi oʻtmishda qoldi.
The Frame qurilmasining simlar boʻyicha innovatsion yechimi bitta, yarim shaffof kabel (One Invisible Connection, oʻzbekcha: Bitta koʻrinmas ulanish) va One Connect Box (Bitta ulanish qutisi)dan iborat. Tashqi TV qurilmalaringizni oʻzlari tegishli boʻlgan, koʻzga tashlanmaydigan joyga qoʻying va ularni televizorga ulash uchun bitta kabeldan foydalaning. Uyingiz dizaynini majbur boʻlgan usulingizda emas, oʻzingiz xohlagan usulda shakllantirishni boshlang.
* Natyurmort #1 (Sahrodagi oazis) Rekviyem (2018), Din Uist * Mavjudligi televizor oʻlchamiga bogʻliq.
Koʻrinishi kabi ovozi ham goʻzal – tomoshadan toʻliq zavqlanish uchun Samsung ovoz panelini qoʻshing
S-seriyali ovoz paneli
The Frame uchun uzukka koʻz qoʻygandek mos boʻlgan Samsung S-seriyali ovoz paneli dizayni tovush sifati va umumiy tashqi koʻrinish jihatidan jozibali qoʻshimcha boʻladi.
* Botanikal #1 (2019), Kristin Flinn
Makoningizga yangi imkoniyatlar baxshida etadigan qoʻshimchalar
* Sozlanuvchan ramka romi va boshqa aksessuarlar alohida sotiladi.
* Rasmlar faqat tasviriy maqsadlar uchun ishlangan. Mahsulotning ishlashiga ta’sir etmaydigan tashqi ko‘rinish, dizayn va foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) xususiyatlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
* Haqiqiy mahsulotlar, jumladan, masofadan boshqarish pulti koʻrsatilgan rasmdan farq qilishi mumkin. Mahsulotlarimiz galereyasi bilan tanishib chiqing.