Asosiy xususiyatlar
AI funksiyalari
Yangi uzulda qidiring1, qo'ng'iroq vaqtida boshqa tilga tarjima qiling2, ovozli yozuvlaringizni matnga o'zgartiring va undan xulosa oling3 hamda tasvirlaringizni tahrirlang4 — bularning barchasi sun'iy intellekt yordamida.5
Ikkita epik tanlov. Bir ulkan foyda6
Galaxy S24 va S24+ smartfonlarida sizga yoqishi aniq juda ko'p xususiyatlarga ega. Yanada ko'prog'ini istaysizmi? Galaxy S24+ smartfoni Galaxy qurilmalaridagi eng yuqori aniqlikdagi QHD sifatidagi kattaroq ekranga eka.
Samoviy alyuminiy bilan kuchaytirilgan
Po'latdan ham yengil, yangi va takomillashtirilgan zirhli alyuminiy sizning jasur sarguzashtlaringiz davomida himoyani kafolatlaydi.7 IP68 changga va suvga chidamlilik bilan esa siz hech narsadan xavotir olishingiz shart emas.8
50 MP. Juda ko'p megapiksellar
Sizni ishonchingizni oqlaydigan haqiqiy piksellar to'plami. Uzoq yillar davomida ham sizning talablaringizga javob beradigan yuqori aniqlikdagi tasvirlar oling.
Har bir harakat bilan yaqinlashtiring
Tasvirni bir, ikki yoki uch marotaba yaqinlashtiring. Avvalgidan uzoqroq masofadan yorqin tafsilotlarga ega tasvirlar oling.9 Yaqinlashtiring hamda yangi AI Zoom imkoniyati yordamida yuqori sifatli detallarga ega bo'ling. 10,11
Butun kunga yetadigan yanada aqlli batareya9,12
Yanada ko'proq qudrat. Galaxy S24 va S24+ ishlash vaqti hamda sizning vaqtingizni uzaytirishga qodir intellektual batareya bilan jijozlangan.9,12,13,14
Bizning eng yorqin adaptiv mobil displeyimiz
Qurilmaning kattaroq o'lchami hamda ultra ingichka ramkalari tufayli Galaxy S24 smartfonining 6,2 dyuymli FHD displeyi hamda S24+ smartfonining 6,7 dyuymli QHD displeyi yanada kattaroq ekran maydonini taqdim etadi. Bundan tashqari, Vision Booster yordamida optimal ranglar va kontrastdan zavq olishingiz mumkin.15,16
- "Aylana chizib qidirish" natijalari vizual tasodiflar tufayli farq qilishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan Android operatsion tizimining eng so'nggi versiyasini o'rnatish talab etilishi mumkin. Mahsulotning funksionalligi sizning ilovangiz va qurilma sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar uchun mos kelmasligi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat va tilga bog'liq. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Jonli tarjima uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Jonli tarjima faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasidagina mavjud. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklash talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq holda farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Transkripsiya yordami funskiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Transkripsiya yordami funksiyasi faqatgina oldindan o'rnatilgan Samsung Voice Recorder ilovasida yoki oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasi yordamida yozib olingan fayllar uchun amal qiladi. Oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasida ovozlarni yozib olish funksiyasi ayrim mamlakatlarda amal qilmaydi. Qayta ishlanadigan audiofayllar davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak. Transkripsiya yordami funksiyasida xulosa olish imkoniyati ma'lum sondagi belgilar mavjud bo'lgandagina faollashadi. Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq holda farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Generative Edit funskiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Generative Edit funksiyasi yordamida tahrirlash fotosurat hajmining 12 MP gacha oz'garishiga olib keladi. Tasvir saqlanganda, uning sun'iy intellekt yordamida generatsiya qilinganligini ko'rsatish uchun unga suv belgisi tushiriladi. Generatsiya qilingan ma'lumotlarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
- Galaxy AI funksiyalari qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025 yakuniga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ayrim sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanganlik uchun to'lov talab etilishi mumkin.
- Galaxy S24+ smartfoni Galaxy S24 bilan taqqoslanganda.
- Ramka o'z ichiga tovushni boshqarish va yon tugmalarni hamda sim karta o'rnini olmaydi.
- Galaxy S24 va S24+ IP68 himoya darajasiga ega. Chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqa davomida tushurish bo'yicha laboratoriya sinovlari natijalariga asoslanadi. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Qurilmaning changga va suvga chidamliligi doimiy ko'rsatkich bo'lmasdan, vaqt o'tishi bilan tabiiy eskirish tufayli kamayishi mumkin.
- Galaxy S23 va S23+ smartfonlariga nisbatan.
- 30x Space Zoom 3x optik zoom va Super Resolution texnologiyali 30x raqamli zoom ni o'z ichiga oladi. 3x zoom dan yuqori masofada yaqinlashtirish tasvirning ma'lum darajada sifatini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.
- AI Zoom raqamli kattalashtirish uzunliklari orasidagi masofaga qo'llaniladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
- Haqiqiy avtonom ishlash vaqti tarmoq holati, foydalanilayotgan funksiya va ilovalar, qo'ng'iroq va xabarlar soni, zaryadlar soni va ko'plab boshqa omillarga bog'liq. UX Connect research tomonidan tuzilgan o'rtacha foydalanish profili asosida hisoblangan. UX Connect Research kompaniyasining AQSh va Buyuk Britaniyada 2023.11.25 dan 2023.12.15 gacha bo'lgan davrda LTE va 5G sub6 tarmoqlaridan foydalangan holda standart sozlamalarga ega SM-S921, SM-S926 boshlang'ich versiyalar yordamidagi mustaqil bahosi. 5G mmWave tarmog'ida sinovdan o'tkazilmagan.
- Uchinchi tomon laboratoriyasi sharoitida sinovdan o'tkazilgan odatiy ko'rsatkich. Odatiy ko'rsatkich — bu IEC 61960 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan batareya namunalari o'rtasidagi batareya hajmining o'gishini inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha ko'rsatkich. Galaxy S24 uchun haqiqiy ko'rsatkich 3880 mAs, Galaxy S24+ uchun 4755 mAs ga teng. Haqiqiy avtonom ishlash vaqti tarmoq holati, foydalanish rejimi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
- LTE orqali standart sozlamalar bilan Bluetooth orqali quloqchinlarga ulangan ushbu modelning boshlang'ich versiyasi bilan Samsungning ichki laboratoriya sinovlari shartlariga asoslanadi. Batareya quvvati hamda video (video faylining aniqligi 720p, qurilmada saqlangan) va audio (mp3 fayl, 192 Kbit/s, LED ekrani yoqilgan holatdagi qurilmada saqlangan) ijro etish paytida batareyaning quvvat sarfidan yuqori o'lchangan tok asosida hisoblangan. Video va audio ijro etishning haqiqiy vaqti tarmoq holati, sozlamalar, fayl formati, ekran yorqinligi, batareya holati va boshqa ko'plab omillarga bog'liq.
- Diagonal bo'ylab o'lchanganda Galaxy S24 ekran o'lchami to'liq to'rtburchakda 6,2 dyuym, yassi burchaklarni hisobga olganda esa 6 dyuymga teng, Galaxy S24+ ekran o'lchami esa to'liq to'rtburchakda 6,7 dyuym, yassi burchaklarni hisobga olganda esa 6,5 dyuymga teng;
- Galaxy S24 va S24+ smartfonlaridagi Dynamic AMOLED 2X displeyi DCI-P3 rang gammasida 100 foizlik mobil rang uzatish bo'yicha VDE Germany sertifikatiga ega bo'lib, bu tasvirlaringiz xiralashmasligini hamda yorug'lik darajasidan qat'iy nazar yuqori yorqinlikka ega tasvirlar olishingizni ta'minlaydi. Displey makismal 2600 nit ko'rsatkichgacha yorqinlikka darajasiga erishishi mumkin, bunda raqamli kontentning yorqin va qorong'u qismlari o'rtasidagi kontrast oshirilib, tasvirning yorqinlik darajasi kuchayadi, 5 000 000:1 kontrastlik koeffitsienti esa mobil foydalanish tajribasini yanada zavqli bo'lishiga yordam beradi.
Haqiqiy o'lchamlarni ko'rish
To'plam tarkibini ko'rish
1. Smartfon | 2. USB kabel | 3. SIM karta o'rni uchun kalit
*To'plamda adapter mavjud emas