Energiyani tejashning aqlli yo'li

Energiya sarfi haqida bosh qotirmoqdamisiz? SmartThings Energy1 yordamida siz xonadoningizdagi maishiy texnika hamda smart bo'lmagan boshqa qurilmalarda aqlli elektr vilkasi yordamida ularning energiya sarfini kuzatib borishingiz mumkin2. Yanada ko'proq energiya tejash uchun AI Enery rejimini3 faollashtiring hamda oldindan belgilangan ko'rsatkichdan oshmaslik uchun energiya sarfini nazorat qiling.

Ko'ngilochar imkoniyatlarni unutilmas tajribaga aylantiring

Philip Hue4 bilan o'zingiz uchun ko'ngilochar vaqt o'tkazish imkoniyatlarini yanada oshiring. Televizoringiz ekraniga avtomatik tarzda moslashuvchi aqlli yoritish funksiyasi bilan kino oqshomi uchun mukammal kayfiyat yarating. Sinxronlashgan tovush va yoritish effektlari5 bilan o'yin o'ynash tajribasini yanada oshiring.

Qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar atrofingizda kim borligini biling

Taom tayyorlayotganda yoki televizor ko'rayotganingizda, uyning istalgan xonasidan turib uyingizga tashrif buyurayotgan mehmonlar haqida xabardor bo'ling. Videoli eshik qo'ng'irog'i 6 sizning kirish eshigingiz haqidagi ma'lumotni sovutgichingiz yoki televizoringiz smart ekranida ko'rsatadi, siz esa smartfoningizdagi Samsung Wallet ilovasi 7 yordamida eshigingiz qulfini ham ochishingiz mumkin.

Hamma joyda va hamma vaqt uy hayvonlaringizdan xabardor bo'ling

Doimo o'z uy hayvonlaringiz haqida xabardor bo'ling. SmartThings Pet Care16 ilovasidan foydalanib, siz o'z uy hayvonlaringiz qayerdaligi haqida BESPOKE Jet Bot AI+ yoki uy kamerasi17 orqali ma'lumot olishingiz mumkin. Agar siz noodatiy holat haqida xabar olsangiz "Uyda yolg'iz' rejimini yoqib uy hayvonlaringizga havotirga tushmaslikka yordam bering. Uy hayvonlaringiz sayrga chiqqanida Galaxy Smart Tag18 qurilmasini taqing hamda ko'nglingiz xotirjamligi uchun uning qayerdaligidan xabardor bo'ling.

O'zingizga mos salomatlik rejimini yarating

Uy sharoitida sport bilan shug'ullanish uchun o'zingizga mos muhitni yarating. Multi View19 funksiyasi yordamida mashqlarni bajarib, Galaxy Watch20 yordamida yurak urish chastotasi va kaloriyalarni nazorat qilib boring. Mashg'ulotlarni bajarib bo'lib SmartThings Cooking ilovasidagi tavsiya etilgan taomlar retseptlari bilan tanishib chiqing21! To'g'ri tanlangan sog'lom taom sizning salomatlik maqsadlaringizga yanada tezroq erishishga yordam beradi.

Ko'rsatmalar

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Life' belgisini bosib 'Energy'1 bo'limini yuklab oling.

 

 

2-Qadam

'Nazorat' qismida qurilmalaringizning umumiy energiya sarfi ma'lumotlarini1 tekshiring.

3-Qadam

'Qurilma energiya sarfi' bo'limida har bir qurilmaning energiya sarfi tarxini1 soat, kun, hafta yoki oy kesimida bilib oling.

4-Qadam

Energiya sarfini oldindan tejab borish uchun 'AI Energy Mode' rejimini3" faollashtiring hamda qurilma sozlamalarini oldindan belgilangan maqsadga muvofiqlashtiring.

1-Qadam

Televizoringizda 'Ilovalarni' ishga tushirib 'Philip Hue Sync' ilovasini8 izlang. Ilovani yuklash uchun 'Ornatishi' tugmasini bosing.

2-Qadam

'Buyurtmani rasmiylashtirish' tugmasini bosing hamda ilovani 8 xarid qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring.

3-Qadam

Televizor kontentini Philips Hue chiroqlari 4 bilan sinxronlash uchun ilovani o'z Hue tizimingizga bog'lang hamda boshlang'ich ekranda sinxronlash tugmasini bosing.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Avtomatlashtirish' belgisini bosib yuqori o'ng burchakdagi 'Sahna yaratish' qismiga o'ting.

2-Qadam

O'z sahnangiz uchun nom hamda belgi tanlab, harakatlarni qo'shish uchun '+' bosing.

3-Qadam

Qurilma sozlamalarini o'z romantik kayfiyatingizga moslash uchun 'Qurilmalarni boshqarish' qismiga o'ting.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Life' belgisini bosib 'Uy hayvonlaridan xabardor bo'lish' bo'limini yuklab oling.

2-Qadam

Uy hayvoningizning ismi, turi, zoti va boshqa ma'lumotlarni kiritib, u uchun profil yarating.

3-Qadam

Uy hayvonining harakatlarini Jet Bot AI+ yordamida tekshirish uchun 'Monitoring' qismida "Tekshirish' tugmasini bosing.

4-Qadam

Uy hayvoningizni turli burchaklardan nazorat qilish uchun yuqori o'ng burchakda ko'proq kamera imkoniyatlar menyusini oching 9.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Life' belgisini bosib 'Uy hayvonlaridan xabardor bo'lish' bo'limini yuklab oling.

2-Qadam

'Monitoring' qismida "Tekshirish' tugmasini bosing va 'Uy hayvonlarini izlash' qismiga o'ting10.

3-Qadam

Jet Bot AI + uyingizning oldindan ro'yxatdan o'tkazilgan xaritasi bo'yicha navigatsiyani boshlaydi hamda uy hayvoningizning qayerdaligi haqidagi ma'lumotni yuboradi.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Life' belgisini bosib 'Uy hayvonlaridan xabardor bo'lish' bo'limini yuklab oling.

2-Qadam

'Uyda yolg'iz rejimini' bosib 'Tartib qo'shish' qismiga o'ting.

3-Qadam

Uy hayvoningizning turli kun va vaqtdagi yoqtirgan televizor, musiqa va xona harorati borasidagi sozlamalarini saqlab qo'ying.

4-Qadam

'Uyda yolg'iz rejimini' faollashtirib, o'zingiz uyda bo'lmaganingizda uy hayvoningiz uchun eng maqul muhitni ta'minlang.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Avtomatlashtirish' belgisini bosib yuqori o'ng burchakdagi 'Sahna yaratish' qismiga o'ting.

2-Qadam

O'z sahnangiz uchun nom hamda belgi tanlab, harakatlarni qo'shish uchun '+' bosing.

3-Qadam

Qurilma sozlamalarini o'z mashg'ulot kayfiyatingizga moslash uchun 'Qurilmalarni boshqarish' qismiga o'ting.

4-Qadam

Mashg'ulotingiz videosini Freestyle qurimlasida ham ko'rsatish uchun Tezkor panelni tushirib 'Smart View' tugmasini bosing.

5-Qadam

Mavjud qurilmalar ro'yxatidan Freestyle ni tanlang. Telefoningizdagi Freestyle ekranidan PIN kodni terib, oldindan sozlangan Mashg'ulot rejimini ishga tushiring. O'z mashg'ulotingizdan zavq oling.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Life' belgisini bosib 'Uy holati'11 bo'limini yuklab oling.

2-Qadam

'Qurilmalar holari' qismida uyingizdagi texnika holatini tekshirib boring. Agarda qurilmalarning biriga e'tibor qaratishingiz kerak bo'lsa, bildirishnomalarda xabar paydo bo'ladi.

3-Qadam

'Foydalanuvchi yo'riqnomasini' bosing hamda turli yechimlar va foydali ma'lumotlarni oling.

1-Qadam

SmartThings ilovasining pastgi qismida 'Qurilmalar' belgisini bosib oldindan kiritilgan kir yuvish mashinasini tanlang.

2-Qadam

'Siklni' bosing hamda eng samarali kir yuvish tajribasi uchun 'AI Wash' rejimini tanlang.

3-Qadam

AI Wash kir yuvish jarayonini ishga tushirish uchun 'Start' tugmasini bosing.12. Kir yuvish mashinasi ifloslanish darajasini avtomatik tarzda aniqlaydi hamda kerakli kir yuvish kukuni va suv miqdorini qo'shadi.

* SmartThings ilovasidan foydalanish uchun uni Galaxy Store, Play Store yoki App Store dan yuklab oling. Ilovaning ishlashi uchun kamida 3 GB RAM bilan Android 10↑ yoki iOS 15↑ operatsion tizimi talab etiladi.

* Texnologiya, funksiyalar, xususiyatlar va xizmatlarning amal qilishi mamlalakat, xizmat ko'rsatuvchi, aloqa muhiti va mahsulotga qarab farq qilishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo'lishi hamda yagona Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

* SmartThings xususiyatlari va imkoniyatlari mahsulotga qarab farq qilishi mumkin.

* Qo'llab quvvatlanadigan operatsion tizim xususiyatlari hamda ilova ekrani sozlamalari ilova yangilanishiga qarab o'zgarishi mumkin.

* SmartThings ilovasiga bir hududda eng ko'pi 200 dona qurilma biriktirilishi mumkin. Ammo, biriktirilishi mumkin bo'lgan qurilamalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Bir hisob qaydnomasiga eng ko'pi 10 ta hudud, har bir hudud uchun 20 tagacha xona, hamda hududni ro'yxatdan o'tkazgan administrator uchun 20 tagacha ishtirokchini qo'shish imkoniyati mavjud.

* Tasvirlar hamda ekrandagi kontent namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi (UI) dastur versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

  1. SmartThings Energy xizmatining amal qilishi mamlakat, mintaqa va qurilmaga bog'liq. Android va iOS (Android OS 10↑, iOS 15↑) qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmog'ig ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi kerak bo'ladi. Energiya iste'molini nazorat qilish uchun barcha qurilmalar SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak.
  2. Mos Smart Plug va Smart Home Hub talab qilinadi. Smart Plug qurilmasi SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Smart Plug bilan energiya iste'molini nazorat qilish imkoniyati SmartThings ilovasining 'Qurilmalar' bo'limidagi 'Smart Plug' mahsulot qismida mavjud.
  3. AI Energy Mode funksiyasi mamlakat, mintaqa, yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. U avtomatik tarzda, yoki sizning elektr to'lovi qiymatingiz oldindan belgilangan miqdordan oshgan holatda sizning barcha mos smart qurilmalaringizni energiyani tejash rejimiga o'tkazadi. (Masalan Sovutgich: kompressor samaradorligi va tezligini optimallashtirish hamda muzlatgich haroratini moslashtirish). SmartThings Energy ilovasida ko'rsatilgan energiya iste'moli hamda ehtimoliy narxi sizning haqiqiy iste'mol hajmingiz va uninq qiymatidan farq qilishi mumkin.
  4. Rang uzatish imkoniyatiga ega Philips Hue smart chiroqlari, Philips Hue Bridge, Philip Hue Sync ilovasi (2022 yildan so'ng ishlab chiqarilgan Samsung TV seriyasi, QLED TV seriyasi va unda yuqori versiyalarda ilova ichida xaridlarni amalga oshirish talab etiladi) yoki Philip Hue Sync Box (Televizor ilovasida xaridlarni amalga oshirish imkoniyati yo'q mintaqalarda to'g'ri ishlashi uchun Philips Hue Synx Boxni xarid qilish talab etilishi mumkin) hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Alohida xarid qilish kerak.
  5. JBL mos audio qurilmasi talab etiladi. Alohida xarid qilish kerak.
  6. Mos videodomofon talab etiladi. Videodomofon SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Hozirda quyidagi videodomofonlar qo'llab quvvatlanadi: Ring Video Doorbell Elite, Ring Video Doorbell Pro bilan Chime Pro, Spotlight Cam Mount, Spotlight Cam Wired, Stick Up Cam Battery, Video Doorbell, Video Doorbell 2, Video Doorbell 3, Video Doorbell Pro va boshqalar. Qo'llab quvvatlanadigan videodomofonlar ro'yxati yangilanib boradi.
  7. Eshiklar kaliti Samsung Wallet va SmartThings (Android OS 11↑ and One UI 3.1↑) ilovalarini qo'llab quvvatlaydigan barcha qurilmalarda mavjud.
  8. Samsung TV da Philips Hue Sync ilovasining mavjudligi mamlakat, mintaqa va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Samsung televizorlarida Philips Hue Sync ilovasidan besh yilgacha muddatda foydalanish uchun pullik obuna talab etiladi. Ushbu muddatdan so'ng xizmat ko'rsatuvchi uni yangilanishlar bilan qo'llab quvvatlaydigan davr mobaynida foydalanish mumkin.
  9. IP kamera imkoniyatlari Pet Care Monitoring funksiyasida faqatgina Jet Bot AI+ ro'yxatdan o'tkazilgandagina paydo bo'ladi. IP kameralar WWST sertifikatiga ega hamda SmartThings IDE yo'riqnomasiga mos kelishi kerak.
  10. Uy hayvonini izlash uchun uyning to'liq xaritasi talab etiladi. Buni zaryad qurilmasiga bog'langan Jet Bot AI+ yordamida yoki Jet Bot AI+ ning harakatlarini uy xaritasi bo'ylab yo'naltirish orqali amalga oshirish mumkin.
  11. SmartThings Home Care xizmatida amal qiluvchi funksiyalar mamlakat va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
  12. Kir yuvish mashinasi uchun Smart Control funksiyasi mobil ilova orqali kir yuvish mashinasini masofadan boshqairish imkoniyatini ta'minlash uchun faollashtirilishi mumkin.
  13. Siz tranzaksiyani amalga oshirish uchun Aeotec veb saytiga o'tkazilasiz. Samsung.com tashqi saytlarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va ularning kontenti uchun mas'ul emas, chunki u uchinchi shaxs veb saytlarini nazorat qilmaydi hamda bu kabi saytlarda taqdim etishingiz mumkin bo'lgan ma'lumot uchun mas'ul emas. Tranzaksiya va Aeotec mahsulotlari bilan bog'liq barcha mas'uliyat Aeotec tashkilotining mos bo'limiga tegishli.
  14. Siz tranzaksiyani amalga oshirish uchun Philips Hue veb saytiga o'tkazilasiz. Samsung.com tashqi saytlarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va ularning kontenti uchun mas'ul emas, chunki u uchinchi shaxs veb saytlarini nazorat qilmaydi hamda bu kabi saytlarda taqdim etishingiz mumkin bo'lgan ma'lumot uchun mas'ul emas. Tranzaksiya va Philips Hue mahsulotlari bilan bog'liq barcha mas'uliyat Philips Hue tashkilotining mos bo'limiga tegishli.
  15. Siz tranzaksiyani amalga oshirish uchun Google veb saytiga o'tkazilasiz. Samsung.com tashqi saytlarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va ularning kontenti uchun mas'ul emas, chunki u uchinchi shaxs veb saytlarini nazorat qilmaydi hamda bu kabi saytlarda taqdim etishingiz mumkin bo'lgan ma'lumot uchun mas'ul emas. Tranzaksiya va Google mahsulotlari bilan bog'liq barcha mas'uliyat Google tashkilotining mos bo'limiga tegishli.
  16. SmartThings Pet Care xizmatining amal qilishi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin hamda faqat BESPOKE Jet Bot AI+ modelida qo'llab-quvvatlanadi. Android va iOS (Android OS 10↑, iOS 15↑) qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmog'ig ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi kerak bo'ladi.
  17. Mos IP kamera talab etiladi. Foydalanuvchilar IP kamerani avval ishlab chiqaruvchi ilovasida, hamda so'ngra SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazishi talab etilishi mumkin. IP kamera yordamida uy hayvonlarini nazorat qilish SmartThings ilovasining 'Qurilmalar' bo'limidagi 'IP Cam' mahsulot qismida mavjud.
  18. Galaxy Smart Tag hech qanday to'siqlarsiz muhitda 120 metrgacha Bluetooth amal qilish radiusiga ega. Haqiqiy ishlash ko'rsatkichlari foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Alohida xarid qilish talab etiladi.
  19. Multi View amal qilishi model va kontentga qarab farq qilishi mumkin. Holatning ekranda aks ettirilishi uchun mos Slim Fit kamera talab etiladi hamda u alohida sotiladi.
  20. Faqatgina umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun mos keladi. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish yoki davolash maqsadida foydalanish uchun to'g'ri kelmaydi. Har qanday o'lchash natijalari sizning shaxsiy ma'lumot olishingiz uchun to'g'ri keladi. Maslahat uchun tibbiyot hodimiga murojat etishingizni so'raymiz. Galaxy Watch 4 seriyasi hamda undan keyingi avlod Samsung Watch qurilmalarida mavjud.
  21. SmartThings Cooking xizmatining amal qilishi mamlakat, mintaqa va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Android va iOS (Android OS 10↑, iOS 15↑) qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmog'ig ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi kerak bo'ladi. Retseptlar Ingliz, Fransuz, Nemis, Italyan va Ispan tillari kabi ayrim tillarda mavjud.