Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
Agar siz PIN-kod, parol yoki chizmani unutgan bo‘lsangiz, ushbu maqola smartfon yoki planshetni qulfdan chiqarishga yordam beradi.
- Agar PIN-kod, parol yoki chizmani eslasangiz, lekin sozlamalarda qulsni o‘chira olmasangiz, quyidagi maqolani o‘qing:
Ekran qulfidan parol, PIN-kod yoki chizma olinmayapti.
- Agar qurilma ma'lumotlarni qayta tiklagandan so‘ng qulflangan bo‘lsa va Google akkauntini so‘rayotgan bo‘lsa, maqolani o‘qing: Samsung Galaxy qulflanib, Google akkauntini so‘rayotgan bo‘lsa nima qilish kerak.
Agar siz Samsung Galaxy ekranini ochishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, avvalo quyidagi amallarni bajaring:
- Barmoq izi;
- PIN-kod, parol yoki grafik kalit.
Agar qurilmada barmoq izi o‘rnatilgan bo‘lsa, lekin u ishlamasa, qurilmani qulfdan chiqarish uchun o‘rnatgan PIN-kod, parol yoki grafik kalitni kiritsangiz yetarli bo‘ladi.
Shundan so‘ng, barmoq izini qayta sozlashingiz mumkin bo‘ladi.
Agar PIN-kod, parol yoki grafik kalitni kiritganingizda smartfon ochilmasa, keyingi tavsiyaga o‘ting.
Ba'zida operatsion tizimda PIN-kod, parol yoki grafik kalitni tanib olishda nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin, hatto siz uni to‘g‘ri kiritsangiz ham.
Muammolarni bartaraf qilish uchun qurilmani majburan o'chiring va qayta yuklang:
- Quvvat tugmasi va Ovoz balandligini kamaytirish tugmalarini bir vaqtda o‘n soniya davomida bosib turing (avvalgi modellarda faqat Quvvat tugmasini bosing). Telefon ogohlantirishsiz qayta yuklanadi va darhol ishga tushadi.
- Agar o‘chirish va qayta yuklash menyusi paydo bo‘lsa, bu tugmalarni kerakli vaqt davomida bosib turmaganingizni anglatadi..
Agar smartfonni qayta yuklashdan keyin muammo hal bo‘lmasa, keyingi tavsiyaga o‘ting.
Ma’lumotlarni tiklagandan keyin telefon biroz vaqt yuklanishi mumkin. Ba’zan bu bir soatgacha vaqt olishi mumkin.
Agar zavod sozlamalarini o‘zingiz tiklay olmasangiz, , qo’llab-quvvatlash xizmatidan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.