Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
Proshivkani yangilashning ikki usuli
Eslatma:
- Yangilashdan so'ng oldingi proshivkaga qaytish imkoni yo'q.
- Yangilashdan oldin muhim ma'lumotlarni boshqa smartfonga yoki kompyuterga saqlang.
Smartfon sozlamalari orqali proshivkani qanday qilib yangilash mumkin
Eslatma:
- Yangilashdan oldin akkumulyatorni kamida 80% gacha to'ldirib qo'ying.
- Qurilmani kamida 5 Mbit/s tezlikdagi Wi-Fi tarmog'iga ulang.
Agar yangi proshivka mavjud bo'lsa, Yuklab olish tugmasini bosing. Ba'zi Android versiyalarida yuklab olishni tasdiqlash uchun chiquvchi oynada ruxsat berish talab qilinadi.
Fayl hajmi operatsion tizim versiyasi va qurilma modeliga bog'liq.
Proshivkani o'rnatish vaqtida qurilmani o'chirmang – u buzilishi mumkin.
- Yangilashdan so'ng siz qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarishingiz mumkin. Bu holda barcha shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi.
- Ularni saqlash uchun Smart Switch dasturidagi "Zaxiralash" funksiyasidan foydalaning.
- Agar zavod sozlamalariga qaytarmasangiz, qurilma xatoliklar bilan ishlashi mumkin.
Agar qurilmada ruxsat olingan bo'lsa yoki proshivka o'zgartirilgan bo'lsa, "Qurilma o'zgartirilgan" degan yozuv paydo bo'ladi. Bunday qurilmada proshivkani yangilash uchun Samsung servis markaziga murojaat qiling.
Smart Switch orqali proshivkani qanday qilib yangilash mumkin
Agar yangi proshivka mavjud bo'lmasa, bunday xabar chiqmaydi.
Eslatma:
Proshivka o'rnatilayotgan paytda qurilma yoki kompyuterni o'chirmang va qurilmani kompyuterdan uzmang – u buzilishi mumkin.
Agar yangilashdan so'ng muammolar paydo bo'lsa va zavod sozlamalariga qaytarish yordam bermasa – servis markaziga murojaat qiling, u yerda muhandislik usuli bilan proshivkani qayta o'rnatib berishadi.
Agar proshivka haqida bildirishnoma chiqmasa
Agar bildirishnoma chiqmasa, quyidagilar bo'lishi mumkin:
- Proshivka hali chiqmagan;
- Qurilmada biror narsa noto'g'ri: proshivka noto'g'ri o'rnatilgan yoki o'zgartirilgan, qurilma Rossiya hududi uchun sotilmagan.
Birinchi holatda — kutishingiz kerak, ikkinchisida — servis markaziga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.