Samsung Galaxy S24 da qo'ng'iroq paytida "Sinxron tarjima" funksiyasidan qanday foydalanish kerak
Galaxy S24 smartfonlari bir qator "aqlli" xususiyatlarga ega, ulardan biri — sinxron tarjima. Uning yordamida siz real vaqt rejimida telefon qo'ng'irog'ida nutqni tarjima qilishingiz mumkin. Shunday qilib, siz til to'siqlarini yengishga yordam beradigan o'z tarjimoningizga ega bo'lasiz.
Eslatma:
- Model chiqarilgan paytda funksiya 13 ta tilni (17 ta mintaqa) qo'llab-quvvatlaydi. Keyingi dasturiy ta'minot yangilanishlarida boshqa tillar qo'shiladi.
- Quyidagi tillarning ba'zilari faqat til tarkibini yuklab olgandan keyingina mavjud.
- Qo'llab-quvvatlanadigan tillar (Mintaqalar)
Xitoy soddalashtirilgan, ingliz (Hindiston, Buyuk Britaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari), fransuz, nemis, hind, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal, ispan (Meksika, Ispaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari), yailand, vyetnam.
"Sinxron tarjima" funksiyasini qanday yoqish
"Sinxron tarjima" funksiyasidan foydalanishdan oldin, avval uni smartfon sozlamalarida faollashtirishingiz kerak. Buning uchun quyidagi amallarni bajaring:
Eslatma:
Smartfonning internetga ulanganligiga va Samsung Account hisobiga kirganligiga ishonch hosil qiling.
Sinxron tarjima funksiyasidan qanday foydalanish kerak
Funksiya sozlamalarda faollashtirilgandan so'ng, siz telefon qo'ng'irog'i paytida undan foydalanishingiz mumkin.
Eslatma:
Tarjima matni va uning sifati turli xil qo'ng'iroqlarda farq qilishi mumkin.
Eslatma:
Funksiya quyidagi qo'shimcha opsiyalarni ham qo'llab-quvvatlaydi:
- Suhbatdoshning ovozini o'chirish: suhbatdagi suhbatdoshlardan birining ovozini faqat tarjima eshitiladigan tarzda o'chiradi.
- Har bir suhbatdosh uchun til va ovoz sozlamalari: muayyan telefon raqamlari va kontaktlar uchun afzal tillar va ovozlarni sozlash imkonini beradi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.