Telefonni ulash
Kattaroq, yaxshiroq
ko'rinishga ega bo'ling
Screen Mirroring funksiyasi
Screen Mirroring funksiyasiga ega ulkan ekrandan taassurotlarga boy zavq oling.1 Istalgan film yoki sevimli dasturlaringizni tomosha qilayotganingizda telefoningiz ekranini Samsung Smart TV ekraniga ko'chiring. Yaxshilab joylashib oling hamda Smart View yoki AirPlay yordamida kontentni katta ekranda zavq bilan tomosha qiling.
Video qo'ng'irog'ingizni televizorga o'tkazing
Telefon ekranini televizor ekraniga ko'chiring hamda do'stlaringiz bilan video qo'ng'iroqlar uchun sevimli ilovangiz2 orqali osonlik bilan suhbatlashing. Ulanishdan so'ng sizning video qo'ng'irog'ingiz televizor ekraniga ravon o'tib, sizga suhbatdan katta ekranda zavq olish imkoniyatini beradi.
Barchasini bir ekranda
tomosha qiling
Multi View rejimi3
Bir vaqtning o'zida ham katta ekranda, ham mobil telefoningiz ekranida tomosha qiling. Telefoningizni ulashingiz kifoya va siz sport musobaqalarining natijalari yoki o'yin jarayoni bo'lishidan qat'iy nazar multi ekranli rejimning yangi darajasiga ega bo'lasiz. Shuningdek, kontent kombinatsiyalarini qo'shish hamda sozlashda optimallashtirilgan ko'pvazifalilik imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Smart televizorlar bilan tanishing
-
Izoh
-
Ekran o'lchami
Samsung Smart televizorlari haqida ko'proq bilib oling
*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
1. Ekranni aks etish: Ekranni aks etish funksiyasidan foydalanish uchun mobil qurilma Screen Mirroring yoki Smart View funksiyalarini qo'llab-quvvatlashi kerak. iPhone uchun AirPlay funksiyasi foydalaniladi. Samsung televizori va mobil qurilma bitta tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling.
2. Video aloqa ilovasi: Ekran tasvirlari namuna sifatida keltirilgan. Foydalanilayotgan mobil ilovaga qarab, katta ekranda aks ettirilayotgan tasvir farq qilishi mumkin.
3. Multi View rejimi: Multi View funksiyasi Q70C↑ modelidagi televizorlarda Android OS va iOS asosidagi smartfonlar bilan birgalikda qo'llab-quvvatlanadi. Q60C, CU8500 va CU8000 televizor modellarida u faqat Android OS asosidagi smartfonlar bilan qo'llab-quvvatlanadi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. E'tibor qiling, Multi View funksiyasi faqat Android 4.2 va undan yangi versiyalarda mavjud. iOS qurilmalar uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 va undan yangi versiyalarda qo'llab-quvvatlanadi.